Texnik xizmat
UZ
koʻrsatish
Maslahatlar:
• Kafolatingiz bekor boʻlib ketishining
oldini olish uchun doim original
qismlardan foydalaning.
• Agar filtr yoki teshik tiqilib qolsa,
changyutkich yoqilganidan biroz oʻtib
ishlashdan toʻxtaydi. Ishlashni qayta
tiklash uchun naychani tozalang.
• Chang chashkasini tozalashdan oldin
rozetkadan uzilganini tekshiring va
changyutkichni yoqish tugmasini
oʻchirish holatida saqlang.
• Agar changyitkich uzoq muddat
ishlatilmasa, uni toʻliq quvvatlab, quvvat
kabelini uzib, batareyani olib qoʻying
hamda salqin va namlik past boʻlgan
bevosita quyosh nuri tushmaydigan
muhitda saqlang. Haddan ortiq
quvvatsizlanishning oldini olish uchun
batareyani kamida uch oyda bir marta
quvvatlang.
Changyutkichni tozalash
Changyutkichni yumshoq va quruq mato
bilan arting.
Chang chashkasi, oʻrnatilgan
filtr va siklon yigʻilmasini
tozalash
1. Chang chashkasi pastki qopqogʻi
boʻshatish tugmasini bosing, keyin
ichidagilarni boʻshating.
Rasm F-1
2. Chang chashkasi boʻshatish tugmasi
bosing va uni changyutkichdan olib
tashlang.
Rasm F-2
3. Avval oldindan oʻrnatilgan filtrni yechib
oling va keyin siklon tizimini aylantiring.
Rasm F-3
182
4. Siklon yigʻilmasi, oʻrnatilgan filtr va
chang chashkasini toza boʻlguncha
yuving. Yuvgandan keyin kamida 24 soat
davomida havoda quriting.
Rasm F-4
Eslatma:
• Chang chashkasini zarur boʻlganda
tozalang.
• Siklon tizimi va oʻrnatilgan filtrni eng
kamida har 3 oydan 4 oygacha bir marta
tozalash tavsiya etiladi.
Filtrni tozalash
1. Rasmda koʻrsatilganidek chang
chashkasini ajrating.
Rasm F-5
2. Filtrni rasmda koʻrsatilgan yoʻnalishda
pastga tortish orqali uni changyutkichdan
ajrating.
Rasm F-6
3. Filtrni 360° aylantirish orqali yuving.
Filtrga tiqilib qolgan axlatlarni chiqarib
tashlash uchun uni bir necha marta sekin
silkiting.
Rasm F-7
4. Filtrni 24 soat davomida havoda
quriting.
Rasm F-8
Eslatma:
• Filtrni yuvish uchun faqat toza suvdan
foydalaning.
• Yuvish vositasidan foydalanmang.
• Filtrni choʻtka yoki barmoq bilan
tozalashga urinmang.
• Filtrni har 4 oydan 6 oygacha bir marta
tozalash tavsiya etiladi.
Koʻp yuzali choʻtkani tozalash
1. Qulfni toʻxtaguncha soat yoʻnalishiga
qarshi buring, keyin choʻtka roligidan
rolikni ajrating.
Rasm F-9