Download Print deze pagina

Hotpoint Ariston HA84TE 72 XO3 Gebruiksaanwijzing pagina 92

Advertenties

O'rnatish, shu jumladan suv
ta'minotiga ulash (agar mavjud
bo'lsa), elektr tarmoqqa ulash
va tuzatish ishlari faqat malakali
texnik tomonidan amalga oshirilishi
lozim. Foydalanish bo'yicha
yo'riqnomada maxsus ko'rsatma
berilmagan bo'lsa, uskunaning biron
qismini ta'mirlash yoki almashtirish
taqiqlanadi. Bolalarni o'rnatilish
joyidan uzoqroqda saqlang.
Uskunani qadoqdan chiqarganda
transportda tashish vaqtida zarar
yetmaganini tekshiring. Muammoga
uchragan taqdirda dilerga yoki yaqin
joylashgan sotuvdan keyingi xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
O'rnatishdan keyin o'rama qoldiqlari
(plastic, penaplastirol qismlari va
hkz.) bolalardan uzoqda saqlanishi
lozim – bo'g'ilib qolish ehtimoli.
Uskuna xar bir o'rnatish jarayonidan
oldin elektr ta'minotidan uziq
qo'yilihi lozim – tok urish ehtimoli.
O'rnatish vaqtida qurilma simi
zararlanmaganligiga amin bo'ling
– o't chiqishi va tok urushi ehtimoli.
O'rnatish oxiriga yetganidan
keyingina uskunani faollashtiring.
Pol qoplamasiga (maslan,
parketga) zarar yetkazmaslik
uchun uskunani ehtiyotlik bilan
joydan joyga ko'chiring. Uskunani
uning vaznini ko'tarish uchun
yetarlicha mustahkam bo'lgan pol
to'shamasining ustida, shuningdek
uning kattaligi va vazifalariga
mos bo'lgan joyda joylashtiring.
Qurilmaning istish moslamalari
yonida emasligiga amin bo'ling va
to'rtta oyog'i polga tegib turganligi,
talab darajasida qo'yilganligi, va pol
darajasi o'lchab o'rnatilganligiga
amin bo'ling. Uskunani yoqishdan
oldin sovitish agenti konturi to'liq
ishga yaroqli ekaniga ishonch hosil
qilish uchun kamida ikki soat kuting.
OGOHLANTIRISH: Uskunani
joylashtirganda, ta'minot
kabeli siqilib qolmaganligi yoki
shikastlanmaganligiga ishonch hosil
qiling.
OGOHLANTIRISH: joylashmaslik
notog'ri o'rnatish xafini oldini
olish uchun uskuna ishlab
chiqaruvchining tavsiyalariga binoan
o'rnatilishi lozim. Muzlatgichni
joylashtirganda, metaldan yasalgan
gaz plita shlanglari, metal gaz yoki
suv quvurlari yoki elektr simlari
muzlatgichning orqa tomoniga tegib
turishi man etiladi (kondensator
xarorat almashinuvchisi).
Yetarlicha ventilyatsiya
ta'minlanishi uchun uskunaning yon
tomonlaridan bo'sh joy qoldiring.
Uskunaning orqa paneli bilan devor
orasidagi masofa 50 mm bo'lishi
kerak, shunda qizib turgan yuza
bilan kontakt istisno qilinadi. Ushbu
masofa qisqargan taqdirda, uskuna
ko'proq elektr energiyasini iste'mol
qiladi. Mahsulotni elektr tarmog'iga
ulashdan oldin, iltimos, o'rnatish
vaqtida quvvat simini kondenser
ilgakidan olib tashlang.
ELEKTR ENERGIYASI BILAN
ISHLASHDA XAVFSIZLIK
TEXNIKASI
Uskunani elektr ta'minotidan
sug'urish orqali o'chirish imkoniyati
bo'lishi kerak, yoki elektr
amaliyotlarini bajarish qoidalari
asosida ko'p qutbli o'chirgich
orqali o'chirib yoqish va qurilma
milliy elektrik xavfsizlik standartlari
bo'yicha yerga ulanishi kerak.
Uzaytirgich, uchtalik yoki
perexodnikdan foydalanmang.
Uskuna o'rnatilgandan so'ng
uning elektr komponentlariga
foydalanuvchining qo'li yetmasligi
kerak. Ustingiz nam yoki yalangayoq
UZ - 92

Advertenties

loading