Download Print deze pagina

Hotpoint Ariston HA84TE 72 XO3 Gebruiksaanwijzing pagina 104

Advertenties

Eshiklar yaxshi ochilib yopilmasa;
• Oziq-ovqat paketlari eshikni yopilishiga to'sqinlik qilyaptilarmi?
• Eshik bo'limlari, javonl va tortmalar to'g'ri joylashtirilganmi?
• Eshik qistirmalari singan yoki shikastlanganmi?
• Sovutgichni tekis yuzada joylashganmi?
Sovutgichning eshik konturlari bilan aloqada bo'lgan qirralari iliq mi
Ayniqsa, yozda (issiq havoda), kompressorning ishlashi vaqtida qo'shma aloqada bo'lgan yuzalar issiq
bo'lishi mumkin. Bu odatiy holat.
MUHIM ESLATMA:
• Agar jihoz o'chirilgan bo'lsa yoki elektrdan ajratilsa, kompressorga shikast etkazmaslik uchun
jihozni qayta yoqish yoki qayta ulashdan oldin kamida 5 minut o'tishi kerak.
• Agar qurilma uzoq vaqt davomida ishlatilmasa (masalan, dam olish kunlari), muzlatgichni muzdan
tushirib va tozalab turing, hid va mog'orning shakllanishiga yo'l qo'ymaslik uchun eshikni ochiq
qoldiring.
• Yuqoridagi barcha ko'rsatmalarga amal qilganingizdan keyin muammo hal bo'lmasa, iltimos, eng
yaqin vakolatli xizmatga murojaat qiling.
• Siz sotib olgan qurilma uyda ishlatish uchun mo'ljallangan bo'lib, undan faqat uyda va belgilangan
maqsadlarda foydalanish mumkin. Savdo yoki umumiy foydalanish uchun mos emas. Agar
iste'molchi jihozni ushbu ko'rsatmalarga amal qilmagan holda ishlatsa, ishlab chiqaruvchi va
sotuvchi kafolat muddati davomida ihozni ta'mirlash yoki ishlamay qolishi uchun javobgar
emasligini ta'kidlaydi.
• Sizning jihozingizning Sanoat Vazirligi tomonidan e'lon qilingan ishlash muddati 10 yil (jihozning
to'g'ri ishlashi uchun zarur bo'ladigan qismlarni saqlash muddati).
Elektr energiyasini tejash bo'yicha tavsiyalar
1. Qurilmani salqin, havo yaxshi almashadigan xonaga joylashtiring, ammo to'g'ridan-to'g'ri quyosh
nuri ostida, issiqlik manbai (radiator, plita va hokazo ...) yaqinida joylashtirmang. Aks holda,
izolyatsiya plastinkasidan foydalaning.
2. Issiq ovqat va ichimliklarni uskuna tashqarisida sovishga ruxsat bering.
3. Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini eritganda ularni sovutish bo'lmasiga qo'ying. Muzlatilgan oziq-
ovqat mahsulotlarining past harorati ritish paytida sovutgich kamerasini sovishiga yordam beradi.
Shunday qilib, energiya talablarini kamaytiradi.
4. Ichimlik va suyuqliklarni qo'yish vaqtida ularni yopish kerak. Aks holda jihozda namlik ko'tariladi.
Shuning uchun ish vaqti yanada uzayadi. Ichimlik va suyuqliklarni qoplash hidi va ta'mini saqlab
qolishga yordam beradi.
5. Oziq-ovqat va ichimliklar qo'yish vaqtida uskuna eshigini iloji boricha tez yoping.
6. Jihozdagi har bir turli xil haroratga ega kameralarni (masalan meva-sabzavot qutisi, muzlatish va
boshqalar) qopqog'ini yopiq ushlang.
7. Eshik zichlagichi toza va yumshoq bo'lishi kerak. Zichlagichlar eskirsa ularni o'zgartiring.
UZ - 104

Advertenties

loading