UZB
Aqlli pol tarozisi AENO™ ABS0002S vaznni, shuningdek, foydalanuvchi tanasining qo'shimcha parametrlarini aniqlash uchun
mo'ljallangan.
Texnik xususiyatlar
Elektr ta'minoti: AAA batareyalari (4 dona), 6,0 V, 0,4 Vt (maks.). BT 5.0. Ishlash chastotasi: 2400–2483 MGs. Nurlanish quvvati: +5 dBm /
3,16 mVt. O'lchov diapazoni: 5–180 kg. Tortish bosqichi: 0,1 kg. Yo'l qo'yiladigan o'lchash nuqsoni: ±0,3 kg (0–50 kg uchun); ±0,43 kg
(50–100 kg uchun); ±0,5 kg (100 kg dan ortiq uchun). O'lchov birliklari: kg, lb, st: lb. Displey: VA; 107×62 mm. Avtomatik yoqish/o'chirish.
Ilovaga BT ulanish indikatsiyasi. Yog' to'qimalari ulushi, mushak va suyak massasi, organizmdagi suv darajasi, yurak urish ritmi, tana
massasi indeksi, tana tuzilishi turini aniqlash. Boshqaruv: qo'lda, masofadan turib (AENO ilovasi). Qora rang. Korpus materiali: HIPS
plastmassa, ITO qoplamali toblangan shisha. O'lchami (U×K×B): 278×278×25,5 mm. Og'irligi: 1,4 kg. Ishlatish shartlari: harorat +5...+40 °C,
nisbiy namlik 40–85 % (kondensatsiyasiz). Saqlash shartlari: harorat −20...+60 °C, nisbiy namlik 90 % gacha (kondensatsiyasiz).
Yetkazib berish komplekti
Pol tarozisi ABS0002S, AAA batareyalari (4 dona.), qisqacha foydalanuvchi qo'llanmasi.
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Tarozining shisha yuzasiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'ling: shikastlanish, yorilish va chetlarining uchishiga yo'l qo'ymang,
chunki singan shisha shikastlanishga olib kelishi mumkin. Bolalar, shuningdek, jismoniy va aqliy imkoniyati cheklangan shaxslar
tomonidan qurilmadan foydalanishni nazorat qiling. Bolalarning qurilma bilan o'ynashiga yo'l qo'ymang. O'lchovning noto'g'riligini
oldini olish uchun tarozini qattiq, tekis, gorizontal yuzaga joylashtiring. Tarozini gilam yoki boshqa yumshoq yuzaga joylashtirmang.
Qurilmani o'lchov diapazonining maksimal qiymatidan ortiq yuklamang. Agar qurilma uzoq vaqt ishlatilmasa, batareyalarni chiqarib
oling va ularni bolalar va hayvonlar qo'li yetmaydigan joyda saqlang. Qurilmani tozalash uchun kimyoviy yoki agressiv yuvish vositalarini,
abraziv pastalarni, kislotalar yoki erituvchilarni o'z ichiga oluvchi vositalarni, shuningdek, metall gubkalarni ishlatmang.
DIQQAT! Suv yoki boshqa suyuqliklar qurilmaga tushishiga yo'l qo'ymang. Qurilmani suvga botirmang. Qurilmani yoki uning biron bir
qismini oqar suv ostida yoki idish yuvish mashinasida yuvmang.
Qurilma elementlari (A, B rasmga qarang)
1 – displey; 2 – batareyalar bo'limi; 3 – "UNIT" ("O'lchov birligi") tugmasi.
Qurilma indikatsiyasi
AENO ilovasi bilan faol ulanish
Tanlangan og'irlik o'lchov birligi
Og'irlikni ko'rsatish shkalasi
Yog' to'qimalari ulushi darajasi
Organizmdagi suv darajasi
Qurilmani ishlashga tayyorlash
Qurilmani o'ramidan chiqarib oling va tozalashni amalga oshiring ("Tozalash va parvarishlash"ga qarang). Bo'lim qopqog'ini (2) oching
va qutb to'g'riligiga rioya qilgan holda batareyalarni bo'limga joylashtiring. Og'irlik o'lchov birligini tanlash uchun "UNIT" ("O'lchov birligi")
tugmasini (3) bosing. Har bir bosishdan so'ng displeyda (1) joriy o'lchov birligi ko'rsatiladi: "kg" – kilogramm, "lb" – funt, "st:lb" – stoun.
Bo'lim qopqog'ini yoping. Qurilmani qattiq, gorizontal yuzaga joylashtiing.
Eslatma. Tanlangan sozlamalar joriy tortish va qurilmani keyingi safar yoqishgacha saqlanadi. Sozlamalarni qayta tiklash uchun "UNIT"
("O'lchov birligi") tugmasini 5 soniya bosib turing. Displeyda "CLr" kodi ko'rinadi. Batareyalar chiqarilganda ham sozlamalar avtomatik
ravishda qayta tiklanadi.
Qurilmadan foydalanish
Qurilmaning yuzasida turing. Tarozi avtomatik ravishda yonadi va displeyda siz tanlangan o'lchov birligida sizning og'irligingiz
ko'rsatiladi. Og'irlikni o'lchash tugagandan so'ng 5–10 soniya ichida qolgan o'lchovlar displeyda ko'rsatiladi. Bunda, foydalanuvchi tarozi
ustida bo'lishi kerak. Barcha o'lchovlar tugagandan so'ng 15 soniya ichida tarozi avtomatik ravishda o'chadi.
DIQQAT! Tarozi yordamida olingan ma'lumotlar tibbiy ko'rsatkich hisoblanmaydi.
Tozalash va parvarishlash
Eslatma. Qurilmani tozalashdan oldin batareyalarni chiqarib oling.
Qurilmani toza suv bilan namlangan yumshoq mato bilan artib oling va keyin quriting. Agar qattiq kirlar bo'lsa, tarozini sovun eritmasi
bilan namlangan yumshoq mato bilan artib oling. Keyin toza suvda namlangan yumshoq mato bilan artib oling va quriting.
AENO mobil ilovasiga ulanish
Google Play yoki App Storedan AENO mobil ilovasini yuklab oling va yangi akkuntni ro'yxatdan o'tkazing (yoki mavjud bo'lgan
akkauntingizga kiring).
Tarozini yoqish uchun uni ustiga turing. Smartfoningizni qurilmaga iloji boricha yaqinroq joylashtiring.
Ilovaning asosiy ekranida "+" va undan keyin "Qurilma qo'shish" ni bosing.
Eslatma. Agar tizim sizga smartfoningizdagi biron bir funksiyani yoqishni so'rasa, buni bajaring.
Qurilma avtomatik ravishda topiladi va uning tasviri "Avtomatik qidiruv" bo'limida paydo bo'ladi. "Qo'shish" tugmasini bosing.
Qurilma muvaffaqiyatli qo'shilganligi haqida xabar paydo bo'lguncha kuting. "Tayyor"ni bosing.
Ilova tarozi displeyida ko'rsatiladigan barcha parametrlar, shuningdek, foydalanuvchining moddalar almashinuvi va biologik yoshi,
jismoniy holatini baholash va boshqalar haqidagi ma'lumotlardan foydalanish mumkin. Ilovada mavjud xususiyatlar haqidagi batafsil
ma'lumot aeno.com/documents veb-saytidagi to'liq qo'llanmada keltirilgan.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
Qurilma yoqilmayapti. Ehtimoliy sabab: Batareyalar yo'q yoki quvvati tugagan; Batareyalarni o'rnatishda qutblikka rioya qilinmagan.
Yechim: Quvatlangan batareyalarni bo'limiga to'g'ri qutblanishga rioya qilgan holda joylashtiring.
Qurilma ilovaga ulanmayapti. Ehtimoliy sabab: smartfonda BT yoqilmagan; ulanuvchi qurilma tarozidan juda uzoqda; tarozi
sozlamalari xatosi. Yechim: smartfoningizda BT ni yoqing; qurilmani tarozidan 5 m dan ortiq bo'lmagan masofada joylashtiring;
tarozining zavod sozlamalariga qayta tiklang.
Displeyda ko'rsatiladigan xatolar kodlari
"Lo" – elektr ta'minoti quvvatining darajasi past; "Err" – ruxsat etilgan maksimal o'girlikdan oshib ketgan; "C" – tortish paytidagi xato.
DIQQAT! Agar ehtimoliy yechimlardan hech biri muammoni hal qilmasa, yetkazib beruvchiga yoki vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling. Qurilmani qismlarga ajratmang yoki uni o'zingiz ta'mirlashga urinmang.
Agar sizda AENO™ qurilmasidan foydalanishda savollar yoki qiyinchiliklar yuzaga kelsa, iltimos, support@aeno.com elektron pochta
manzili orqali yoki aeno.com/service-and-warranty veb manzilidagi onlayn chat orqali qo'llab quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Mutaxassislar muammoni hal qilishga yordam beradi va siz do'konga borishga vaqt va kuch sarflashingiz shart emas.
aeno.com/documents
Yurak urish ritmi
Tana massasi indeksi qiymati
Mushak massasi darajasi
Suyak massasi darajasi
Foydalanuvchi tana tuzilishi turi
31