Filtrni tozalash. Filtr qurilmani ishlatish va saqlash vaqtida ichiga tushishi
mumkin bo'lgan chang va sochlarni ushlab qoladi. Qurilmaning barqaror
ishlashini ta'minlash uchun har 2–4 haftada filtrni tozalash kerak. Filtr
quyidagicha tozalanadi:
1. Havo olish panjarasini pastga tortgan holda pastga tushiring (C rasmga qarang).
2. Quruq salfetka va/yoki cho'tka yordamida filtrdan chang va sochlarni olib
tashlang (E rasmga qarang).
DIQQAT! Filtrni oqayotgan suv ostida yuvish ta'qiqlanadi.
3. Havo olish panjarasini joyiga qayta o'rnating (D rasmga qarang).
O'z-o'zini tozalash funksiyasi
O'z-o'zini tozalash funksiyasi haqida batafsil ma'lumot aeno.com/documents
veb-saytida mavjud bo'lgan to'liq foydaluvchi qo'llanmasida keltirilgan.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
1. Qurilma yoqilmayapti. Ehtimoliy sabablar: rozetka nosoz; isib ketishdan
himoya qilish ishga tushgan. Yechim: rozetkaning yaroqliligini unga boshqa
qurilmani ulash orqali tekshiring, agar kerak bo'lsa, qurilmani ishlaydigan
rozetkaga qayta ulang; qurilmani elektr tarmog'idan uzing va to'liq
sovushini kuting.
2. Kuchsiz havo oqimi. Ehtimoliy sabablar: nasadkadagi begona narsalarning
mavjudligi; qurilmaning past ishlash tezligi tanlangan. Yechim: qurilmani
elektr tarmog'idan uzing, to'liq sovushini kuting, so'ngra nasadkani chiqarib
olib, tozalang; tezlikni boshqarish tugmasi yordamida kerakli tezlikni sozlang.
DIQQAT! Taklif etilgan usullarning hech biri muammoni hal qilishga yordam
bermagan bo'lsa, yetkazib beruvchiga yoki vakolatli xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling. Qurilmani qismlarga ajratmang yoki uni o'zingiz
ta'mirlashga urinmang.
ASBISC foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan qurilmaga rivojlantirish va ushbu hujjatga
o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Kafolat va xizmat muddati – qurilma chakana savdo tarmog'ida sotilgan kundan boshlab 2 yil.
Ishlab chiqaruvchi haqida ma'lumot: ASBISC Enterprises PLC, Iapetou, 1, Agios Athanasios, 4101,
Limassol, Cyprus (Kipr). Xitoyda ishlab chiqarilgan. Ushbu hujjatda keltirib o'tilgan barcha tovar
belgilari va savdo markalari tegishli egalarining mulki hisoblanadi. Ishlab chiqarish sanasi oʻramda
koʻrsatilgan.
Qurilmaning dolzarb ma'lumotlari va batafsil tavsifi, shuningdek ulanish bo'yicha ko'rsatmalar,
sertifikatlar, sifat va kafolatlar bo'yicha da'volarni qabul qiladigan kompaniyalar haqidagi
ma'lumotlar aeno.com/documents sahifasida mavjud.
120
aeno.com/documents