Download Inhoudsopgave Inhoud Print deze pagina

AENO EG2 Snelstartgids pagina 147

Inhoudsopgave

Advertenties

Tozalash va parvarish qilish
1. Ehtiyotkorlik bilan qurilmadan yog'ni yig'ib olish poddonini yechib tashlang.
2. Qog'oz sochiqlar bilan oziq-ovqat qoldiqlari va ish panelidagi va poddondagi
yog'larni tozalang.
3. Ish panellari va poddonni iliq yuvish vositali eritmada ho'llangan yumshoq
mato bilan tozalang. Keyin toza suvda ho'llangan mato bilan arting.
4. Ish panellari va paddonni quruq qilib arting.
5. Poddonni qurilmaga o'rnating.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
1. Qurilma yoqilmayapti. Ehtimoliy sabab: rozetka yaroqsiz holda. Yechim:
rozetkaning sozligini unga boshqa qurilmani ulab tekshiring va agar kerak
bo'lsa, grilni ishlaydigan rozetkaga ulang.
2. Qurilma yoqilyapti, lekin isimayapti. Ehtimoliy sabab: harorat noto'g'ri
o'rnatilgan. Yechim: haroratni rostlash dastasi yordamida haroratni "MIN" va
"MAX" oralig'ida o'rnating.
3. Qurilma ishlayotgan vaqtda isitish indikatori yonishi to'xtadi. Ehtimoliy
sabab: isib ketishdan himoya qilish ishlab ketgan. Yechim: haroratni rostlash
dastasini "0" holatiga o'rnating, qurilmani elektr tarmog'idan uzing va
sovushini kuting. Pishirishni davom ettirish uchun qurilmani qayta yoqing.
DIQQAT! Tavsiya etilgan usullarning hech biri muammoni hal qilmasa, yetkazib
beruvchi yoki servis xizmati ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Qurilmani
qismlarga ajratmang yoki uni o'zingiz ta'mirlashga urinmang.
ASBISC foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan qurilmani rivojlantirish va ushbu hujjatga
o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Kafolat muddati va xizmat
muddati – mahsulot chakana savdo tarmog'ida sotilgan kundan boshlab 2 yil. Ishlab chiqaruvchi
haqida ma'lumot: ASBISC Enterprises PLC, Iapetou, 1, Agios Athanasios, 4101, Limassol, Cyprus
(Kipr). Xitoyda ishlab chiqarilgan. Bu yerda keltirligan barcha tovar belgilari va savdo belgilari
ularning tegishli egalarining mulki hisoblanadi. Qurilmaning dolzarb ma'lumotlari va batafsil
tavsifi, shuningdek ulanish bo'yicha ko'rsatmalar, sertifikatlar, sifat va kafolatlar bo'yicha da'volarni
qabul qiladigan kompaniyalar haqidagi ma'lumotlarni aeno.com/documents sahifasida yuklab
olish mumkin.
aeno.com/documents
147

Advertenties

Inhoudsopgave
loading

Deze handleiding is ook geschikt voor:

Aeg0002Aeg0002-uk

Inhoudsopgave